FA "Manchester Siti" ishi bo'yicha: "Qaror futbol yaxlitligi uchun jiddiy oqibatlarga ega bo'ladi"

2 okt 2026, 21:50
Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) "Manchester Siti"ning moliyaviy qoidabuzarliklari bo'yicha mustaqil komissiya qaroriga munosabat bildirdi.

Mustaqil komissiya klub Abu-Dabi homiylari bilan tuzilgan shartnomalardan olingan daromadlarni oshirib ko'rsatganini aniqlagan. 2009/10–2017/18 yillar oralig'ida "Manchester Siti" homiylardan jami 949,94 million funt sterling olganini hisobot qilgan. Biroq amalda klub hamkorlari 119,25 million funt to'lagan, qolgan 830,69 million funtni esa ADUG qoplagan.

Komissiya "Manchester Siti"ni 2009–2018 yillar davomida APLning moliyaviy qoidalarini 130 marta buzganlikda aybdor deb topdi. Klubga nisbatan jazo chorasi hozircha belgilanmagan.

FA o'z bayonotida qaror futboldagi halollik va yaxlitlik uchun jiddiy ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

"Mustaqil komissiyaning qarori futbol yaxlitligi uchun jiddiy oqibatlarga ega bo'ladi. Biz qaror va uning oqibatlarini sinchiklab o'rganmoqdamiz hamda zarur hollarda chora ko'ramiz.

APL va “Manchester Siti” o'rtasidagi ish bo'yicha jarayon davom etayotgani sababli, hozircha qo'shimcha izoh berishni rejalashtirmayapmiz. Shunga qaramay, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatishda davom etamiz", - deyiladi FAning ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/liamgallagher