

Kecha "matraschilar" o'z maydonida La Liganing 7-turi doirasida "Real"ni mag'lub etishdi (2:1). Madrid derbisida Migel Anxel Ortis Arias bosh hakam sifatida ishladi.
O'yindan so'ng "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu matbuot anjumaniga "Atletiko" futbolchilarining "Real" o'yinchilariga nisbatan ishlatgan qo'polliklari tasvirlangan suratlarni chop ettirib olib keldi va hakamlik haqida bir qator keskin fikrlarni bildirdi: "Hakam 41 yoshda, unda derbi uchun tajriba yetishmadi. U faqat kichik o'yinlarda ishlagan kuchsiz hakam. Hakamlar qo'mitasini tabriklayman", "Biz shunchaki kulgili narsalarni ko'rdik - “Osasuna”ga urilgan golning bekor qilinishi, “Barsa”ning penaltisi. Liga mensiz o'zgargandir deb o'ylagandim, ammo yo'q", Romero va Li Kan Inning follari haqida: "Ikkita aniq qizil kartochka, hakamlar qo'mitasi xursand bo'lishi kerak. Referi bosimni ko'tara olmadi - u hatto xalqaro o'yinlarda ham ishlamaydi", Xyoysenning chetlatilishi haqida: "Kiyinish xonasida fol jarima maydoni tashqarisida boshlanganini aytishdi - unda bu qizil va 0:0. Ammo birinchi bo'limda 11 kishi 9 kishiga qarshi bo'lishi kerak edi, keyin esa... mo'jizalar bo'lmaydi", Negreyra haqida: "U endi yo'q-a, to'g'rimi? Yoki u hali ham o'sha yerdami? Agar u yo'q bo'lsa, demak liga Negreyra tomonidan bulg'anmagan".
Bugun "Atletiko" portugaliyalik mutaxassisning matbuot anjumanida suratlarni ko'rsatib turgani aks etgan fotoni printyerda chop etdi va unga shunday izoh qoldirdi: "Hakamlarga nisbatan bosim o'tkazishni hoziroq to'xtating".
Ikki soatdan so'ng "Atletiko"ning X sahifasida yangi post paydo bo'ldi: "Bu mavsumda yangi chorlov - La Ligasiz uch hafta. Bu mavsumda ular juda erta boshlashdi". Klub aylanayotgan tishli g'ildiraklar tasvirini e'lon qilib, ostiga "mexanizm ishga tushdi" deb yozib qoldirdi.
Shuningdek, klub xeshteg ko'rinishida o'z chaqirig'ini takrorladi: "Hakamlarga nisbatan bosim o'tkazishni hoziroq to'xtating".




