Ibrohim Ibragimov: "Vetnamga qarshi uchrashuvda ham g'alaba qozonishimiz kerak"

Абдулвосит Бектемиров
21 apr 2024
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi Ibrohim Ibragimov Kuvayt ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (0:5) saytimizda kichik intervyu berdi

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o'yin o'tkazdik va g'alaba qozondik. Tezroq tiklanib keyingi raqibga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

- Uchinchi turdagi raqibimiz Vetnam haqida qanday fikrdasiz?

-  Vetnamni ham o'rganib chiqamiz. Vetnam ham yaxshi raqib deb o'ylayman. Umumiy qilib aytganda, keyingi uchrashuvda - ham g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Jamoadagi ichki muhit va kayfiyat qanday?

- Jamoadagi ichki muhit ajoyib. Biz bir oiladekmiz. Qatar iqlimiga ham o'rganishga ulgurdik.

- Bugungi g'alaba bizni muddatdan avval keyingi bosqichga olib chiqdi. Pley-offda qaysi raqib biz uchun qulayroq bo'ladi deb o'ylaysizmi?

- Kim raqib bo'lishi katta ahamiyatga ega emas. Biz raqib tanlamaymiz. Muhimi, biz yaxshi tayyorgarlik ko'rsak. Barcha raqiblarni yutishimiz kerak.




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia