

Ulardan biri Azizbek To'lqinbekov dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Terma jamoa yig'iniga ikkinchi marta chaqirildim, lekin men uchun birinchi mashg'ulot hisoblanadi. Buyog'iga faqat harakat qilaman", - deydi Azizbek To'lqinbekov.
- 3 toifadagi terma jamoada o'ynash qiyin bo'lmayaptimi?
- Chaqirishyaptimi, demak kerakman. Hammasiga yordam berishga harakat qilyapman.
- Yig'inga 25-30 nafar futbolchi chaqirildi. Oldindagi o'yinlarda qanchalik imkoniyatga ega bo'lasiz?
- Imkoniyat bersa yoki bermasa milliy terma jamoaga chaqirilish katta baxt. Imkoniyatdan maksimal foydalanishga harakat qilaman.
- Fabio Kannavaro bilan shaxsan gaplashib ko'rdingizmi?
- Hali gaplashganim yo'q.



