Zayniddin Tojiev: "Bolalarga mas'uliyatni his qildira olmadik"

10 noya 2026, 07:57
"G'azalkent" va RFA o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Zayniddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Avvalambor, assalomu alaykum. Uchrashuv haqida gapiradigan bo'lsak, bu - bizning juda katta xatomiz. Bolalarga mas'uliyatni his qiladigan qilib tushuntira olmadik, qanaqadir bugun juda bo'sh o'ynashdi. Nima dey, bilmayman, chunki qanaqadir... Misol uchun, RFA bugun nima hisobidan yutib ketdi? Xohish. Xohish juda ham kuchli edi. Maydonning har bir eri uchun qattiq kurash olib borishdi, bugun 80–85% kurashlarni yutqazib qo'ydik. O'shaning hisobiga natija ham o'z so'zini aytdi.

Endi nima desam bo'ladi, baribir biz, misol uchun, bundan oldingi - "Aral"ga qarshi o'yindan avval pley-offga kirish imkoniyatimiz bor edi, o'sha uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng esa imkoniyatlarimiz kamaydi va shu sababli bolalarda ruhiy tushkunlik bo'ldi. O'shaning ta’siri bugun o'z so'zini aytdi, deb o'ylayman. Chunki bolalar bilan juda ko'p gaplashdik. Yilni chiroyli tugatishimiz kerak edi.

Lekin bo'lgani bo'ldi. Hamma narsadan, nima deydi, xulosa qilamiz, Xudo xohlasa, keyingi yilga rejalarni qilib, keyingi yilga ham harakat qilamiz. RFA jamoasiga faqat omad!

- Agar o'yindan oldin nazariy jihatdan jamoada pley-offga ilinish imkoniyati bo'lganda, uchrashuv boshqacha bo'lardi deb o'ylaysizmi?

- 100% boshqacha bo'lardi. Chunki bolalarda xohish ham qolmagandek bo'lib qoldi, shunday yaqqol ko'rinib qoldi. Misol uchun, o'sha mashg'ulotga chiqqanimizda ham chetdan kuzatib o'tiribmiz, hamma narsa ko'rinib turibdi. O'shaning uchun echinish xonasiga kirganda ham bolalarga: "Ey bolalar, ko'zlaringizni ochinglar, chigaldizdi mashg'ulotini ham yaxshi qilmadinglar. Keyin o'yin davomida qo'shilib ketish juda qiyin, o'shaning uchun hozirdan hali vaqtingiz bor", deb gapirib-gapirib, lekin etkaza olmadik. O'shaning uchun bu ayb faqat bizning - murabbiylar shtabida.

- Assalomu alaykum. Mana, shu "G'azalkent"dagi bu yilgi eng katta burilish nuqtasi bo'lgan o'yin deb "Qo'qon-1912" bilan uchrashuvni o'ylayman. Ungacha bo'lgan jamoa boshqacha edi, Qo'qon bilan o'yindan keyin boshqacha jamoa bo'lib qoldi. Shu o'sha g'alabadan keyin qanaqadir bolalar o'ziga katta baho berib yubormadimi?

- Endi bu holat bo'lishi ham mumkin, lekin baribir, bu narsa, nima deydi, bolalarning o'ziga bog'liq. Endi, baribir, yilning boshida hammaning o'z maqsadi bor-da. Yil davomida shu narsaga erishaman, kuchliroq bo'laman, deydi.

Endi o'sha hamma narsada, hamma o'sha narsada deb o'ylayman. Nima dey, chunki mashg'ulot, tizim - hech narsa o'zgargani yo'q. Misol uchun, Qo'qongacha ham shunday bo'lib keldi, Qo'qondan keyin ham shunday bo'lib keldi. Tizim, o'sha mashg'ulotlar ham hech narsa o'zgargani yo'q. Bu faqat o'sha ruhiyat, charchoq alomati - o'shaning hisobi faqat. Lekin "Aral" bilan o'yinda ham, misol uchun, 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsak ham, juda ko'p vaziyat yaratdik. "Navbahor" bilan ham... Baribir, nima deydi, bizda eng katta muammo - himoyada. Chunki biz har bitta o'yinda ko'plab vaziyat yaratamiz, faqat hozir endi "orqani nolga ushlab bersak", hujumda albatta gol uramiz.

O'shaning hisobi, endi hozir hamma narsani o'ylab chiqdik, ko'rib chiqdik. Xulosalar chiqardik. Endi, Xudo xohlasa, himoyani mustahkamlashga harakat qilish rejasi ham bor. Xudo xohlasa, o'shani sekin-sekin selekciya qilib ham, yangi bolalar qo'shib bo'lsa ham, lekin himoyaviy xatolarni kamaytirishga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia