

"Oq bo'rilar" kechadan milliy futbol markazida mashg'ulotlarga kirishdi. Yarim himoyachi Nodir Abdurazzoqov tayyorgarlik jarayoni haqida fikr bildirdi.
"Terma jamoadan chaqiruv olish har bir futbolchi uchun yoqimli. Xursand bo'ldim. O'zimni ko'rsatishga harakat qilaman", - deydi Nodir Abdurazzoqov.
- O'tgan FIFA kunlarida tarkibdan joy olmagan edingiz. O'shanda telefon qo'ng'iroq orqali ishora qilgandingiz, keyin esa uni terma jamoaga aloqasi yo'qligini aytdingiz...
- Xayronman, hozir ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib ketgan. U terma jamoaga aloqasi yo'q edi.
- Osiyo Kubogi bir yilga qoldirilishi siz va boshqa futbolchilarga yana o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyatmi?
- Osiyo Kubogi bir oydan keyin yoki bir yildan keyinmi, yaxshi holatda bo'lib tursak, nasib qilgani bo'ladi.
- Rossiya va Saudiya Arabistonini uslub jihatdan qanday farqlash mumkin?
- Rossiya jismoniy taraflama kuchliroq deb o'ylayman. Saudiya Arabistoni chempionati kuchayganini hamma ko'rib turibdi. Foydali o'yinlar bo'lishi shubhasiz.



