Gvardiola "Lids" muxlislarining Ramazon uchun tanaffusga hushtakbozligi haqida: "Zamonaviy dunyo shunday. Dinlar va xilma-xillikni hurmat qiling"

Alisher Ostonov
1 mar 2026
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 28-turidan o'rin olgan "Lids" bilan o'yinda raqib jamoa muxlislarining hushtagi haqida gapirdi.

Birinchi bo'lim davomida hakam Piter Benks Ramazon ro'zasini tutayotgan futbolchilar tamaddi qilib olishlari uchun o'yinni to'xtatdi.

"Hozirgi dunyo shunaqa, to'g'rimi? Bugun dunyoda nimalar sodir bo'layotganiga qarang.

Dinlarni hurmat qiling, xilma-xillikni hurmat qiling - hamma gap shunda! Bu qoida. Pauza - bizning qarorimiz emas, Premer-liga shunday dedi: "Yaxshi, ovqatlanish uchun bir-ikki daqiqa ajratish mumkin, futbolchilar - shunday qilavering” dedi.

Rayan Sherki va Rayan Ait-Nuri kun bo'yi ovqatlanishmadi, shuning uchun birinchi bo'limda biroz vitamin qabul qilishdi”, - dedi Gvardiola.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/City_Xtra