"Real" Rodrining JCH-2026dagi o'yinidan so'ng unga bo'lgan qiziqishini qayta tikladi

19 iyul 2026, 16:28
"Real" "Manchester Siti"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodri nomzodiga qaytdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, 30 yoshli futbolchining Ispaniya terma jamoasidagi JCH-2026dagi o'yini "qaymoqranglilar"ning futbolchiga bo'lgan qiziqishini yana kuchaytirdi. 

Muzokaralar jahon chempionati finalidan so'ng darhol boshlanishi kutilmoqda. Madridliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu Rodri uning jamoasida o'ynash uchun zarur sifatlarga ega deb hisoblaydi.

Yarim himoyachi jahon chempionatida ettita o'yin o'tkazdi. Rodrining 2019 yildan beri o'ynayotgan "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es