

Uning takidlashicha, "qizil iblislar" 22 yoshli yarim himoyachi uchun jiddiyroq kurash olib borishi kerak edi. Yaqinda Anderson 135 million evro evaziga "Manchester Siti" safiga qo'shildi.
"Siti" Anderson uchun ortiqcha pul to'ladimi? Zamonaviy futbolda eng yaxshi futbolchilarni xohlasangiz, klub so'ragan narxni to'lashingizga to'g'ri keladi. Balki ko'pchilik uning bahosi yuqori deb hisoblar, ammo bugungi bozorda shunday futbolchilar uchun aynan shunday mablag'lar to'lanmoqda.
Men Andersonning "Manchester Yunayted"ga o'tishini istardim. Chunki bu yozda jamoani bir qator futbolchilar tark etishi kutilyapti. Maosh jamg'armasi ham qisqaradi, transferlardan mablag' kelib tushadi. Bundan tashqari, klub Chempionlar ligasida ishtirok etayotgani uchun ham qo'shimcha daromadga ega. Shunday bo'lsa-da, menimcha, Anderson "Manchester Siti" uchun ajoyib futbolchiga aylanadi.
Bazan yuqori darajadagi futbolchini sotib olish imkoniyati paydo bo'ladi. Ana shunday paytda tavakkal qilish va aynan o'sha futbolchini qo'lga kiritishga harakat qilish kerak. "Yunayted" avval ham 60–80 million funt evaziga eng yuqori saviyada bo'lmagan futbolchilarni sotib olgan, ammo bu klubga kutilgan natijani bermadi", - dedi Robson.
Elliot Anderson so'nggi mavsumlarda Angliya Premer-ligasida o'zining barqaror o'yini bilan e'tibor qozondi. Uni bir qator top-klublar kuzatib borgan bo'lsa-da, yakunda "Manchester Siti" transfer poygasida g'olib chiqdi va iqtidorli yarim himoyachini o'z safiga qo'shib oldi.



