“Guliston” Tojikistonning amaldagi chempioni bilan durang qayd etdi

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2026, 19:25
Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rayotgan “Guliston” futbol klubi 22 iyul kuni Toshkentda Tojikistonning 14 karra chempioni “Istiqlol”ga qarshi xalqaro o'rtoqlik bahsini o'tkazdi.

Murosasiz va kurashlarga boy kechgan qarama-qarshilik 1:1 hisobida yakuniga etdi. Sirdaryoliklar safida yagona gol Alisher Sobirjonov hisobiga yozildi.

Abbos Ergashev boshqaruvidagi “Guliston”ning ikkinchi davraga tayyorgarligi davom etadi. Jamoani oldidan yana bir qator nazorat bahslari kutib turibdi.

Xalqaro o'rtoqlik o'yini

“Guliston” – “Istiqlol” 1:1

Gol: Alisher Sobirjonov 20

“Guliston”: Sarvar Husanov, Ozodbek Rajabov, Turdibek Omonov, Ixtiyor Toshpo'latov, Ulug'bek Sharipov, Shahzodbek G'ofurbekov, Azamat Abduhalilov, Javohir Nematullaev, Alisher Sobirjonov, Asilbek Umurzaqov, Shohnazar Norbekov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Bunyod Shodiev, Muhammad Isaev, Abdulaziz Ne'matov, Shohjahon Yunusov, Isroil Malikov, Bobur Yorbekov, Zuhriddin Ibodullaev, Behruz Abdullaev.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia