O'zbekiston kubogi. "Guliston" "Surxon"ni mag'lub etib, chorak finalga chiqdi!

Narzulla Saydullayev
29 avg 2026, 19:50
O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Surxon" - "Guliston" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston kubogi, 1/8 final

"Surxon" - "Guliston" 0:1

29 avgust 2026 yil. Olmaliq, OKMK sport majmuasi, 18:00

Hakamlar: Umidjon Rahimjonov, Islom Nosirov, Otabek Mamatov, Rinat Serazitdinov.

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Andrey Sapenko

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Davron Ibrohimov.

"Surxon": 12. Nikita Mixaylov, 6. Behzod Shamsiev (s), 7. Dostonbek Tursunov, 10. Sunnatulla Abdullajonov (21. Tornike Dzebniauri, 46), 17. Sarvar Abduhamidov, 27. Muhammadali Musaxonov, 31. Kamronbek Ergashev, 32. Boburjon Rahimjonov (8. Humoyun Sherbo'taev, 55), 33. Umidbek Quvondiqov (39. Mirmaqsud Mirusmonov, 46), 79. Santyago Garsiya (23. Komronbek Yusupov, 55), 91. A'zamjon Temirxonov (11. Richard Fraydey, 67).

Zaxira: 72. Azizbek Mamasaidov, 13. Azamat Nurullaev, 18. Behruz O'ktamov, 66. Behruz Shaydulov.

"Guliston": 12. Sarvar Xusanov, 5. Ozodbek Rajabov, 8. Bunyod Shodiev, 9. Alisher Sobirjonov (22. Azimjon Mamatqulov, 71), 10. Shohnazar Norbekov (15. Behruz Abdullaev, 76), 11. Azamat Abduxalilov, 17. Ixtiyor Toshpo'latov (s), 19. Shohzodbek G'ofurbekov, 21. Aslbek Umirzoqov, 23. Turdibek Omonov, 29. Ulug'bek Sharipov (20. Abdulaziz Ne'matov, 84).

Zaxira: 16. Asadbek Ergashev, 6. Zuhriddin Ibodullaev, 7. Muhammad Isaev, 14. Isroil Malikov, 24. Boburbek Yorbekov, 26. Javohir Nematullaev.

Ogohantirishlar: Behzod Shamsiev 89, Aslbek Umirzoqov 89,

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+5. O'yin tugadi! “Guliston“ chorak finalda!

90+2. “Surxon“ gol urdi, qanot hakami ofsayd qayd etdi

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shildi

89. Ogohlantirishlar. Shamsiev va Umirzoqovga

88. Zarba! Mirusmonovning zarbasi noaniq ketdi

84. O'zgarish. “Guliston“. Sharipov o'rniga Ne'matov tushdi

80. ZARBAA! Mamatqulovning kuchli zarbasi noaniq ketdi!

76. O'zgarish. “Guliston“. Norbekov o'rniga Abdullaev tushdi

75. Zarba! Norbekovning zarbasidan keyin Mixaylov to'pni qaytardi, ofsayd ham bor ekan

71. ZARBA! Hozirgina tushgan Mamatqulovning kuchli zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi

71. O'zgarish. "Guliston". Sobirjonov o'rniga Azimjon Mamatqulov tushdi

67. O'zgarish. "Surxon". Temirxanov o'rniga Fraydey tushdi

57. Zarba! Hozirgina zaxiradan tushgan Kamronbek Yusupov qulay vaziyatdan o'ta noaniq zarba berdi

55. O'zgarishlar. "Surxon". Rahimjonov va Garsiya o'rniga Sherbo'taev va Yusupov tushdi

51. GOL! Aslbek Umirzoqov 0:1. Chap qanotdan Sobirjonov uzatgan to'pni Umirzoqov boshi bilan darvozaga yo'lladi!

46. ZARBA! Azamat Abduhalilovning zarbasi noaniq chiqdi!

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarishlar. "Surxon". Abdullajonov va Quvondiqov o'rniga Mirusmonov va Dzebniauri tushdi

45. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

43. UXXXX! O'ng qanotdan Tursunov uzatgan to'pni Temirxanov darvozaga yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan to'p Abduhamidovning boshidan maydonni tark etdi

40. UXXX! Norbekov autdan to'pni uzatdi, Ozodbek Rajabov boshi bilan zarba berdi, noaniq!

34. ZARBA! G'ofurbekovning kuchli zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi!

30. “Guliston“ tashabbusga ega bo'lmoqda, ko'plab hujumlar aynan “Surxon“ darvozasi oldida sodir bo'lmoqda.

25. ZARBA! Chap qanotdan Sobirjonov uzatgan to'pni Norbekov darvozaga yo'lladi, noaniq

18. “Guliston“da jarima to'pi, havodan uzatilgan to'pni Norbekov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

10. Yana “Guliston”dan hujum. G'ofurbekovning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

6. “Guliston”ning hujumini Aslbek Umrzoqov gol bilan yakunlay olmadi. U zarba berishga urinib ko'rdi lekin o'xshamadi.

1. O'yinga start berildi.

Jamoalar maydonga chiqib keldi.

O'yin boshlanishiga barcha narsa shay.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia