Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi 30 yoshida faoliyatini yakunlamoqda

Sherzod Nurmatov
7 may 2026, 17:50
Milliy terma jamoaning sobiq himoyachisi Niklas Zyule mavsum oxirida faoliyatini tugatishini e'lon qildi.

"Borussiya" Dortmund jamoasida o'ynaydigan Zyule 18 aprel kuni "Xoffenxaym"ga qarshi o'yinda (1:2) yiqilib tushgan va jarohati tufayli almashtirilgandi.

2.jpg

Futbolchi so'nggi yillarda muntazam ravishda jarohatlardan aziyat chekib keldi, bu esa uning juda erta yoshda butsalarini mixga ilishiga sabab bo'lmoqda - u atigi 30 yoshda.

"Borussiya"ga o'tishdan oldin Zyule "Bavariya" safida o'ynagan, 6 yil oldin Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan. Shuningdek, u Myunxen jamoasi bilan besh marta Bundesliga chempionligini qo'lga kiritgan. U bu mavsum 12 ta o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN