

Angliya Futbol assotsiatsiyasi (FA) futbolchiga nisbatan nomaqbul xulq-atvor bo'yicha ayblov e'lon qildi.
Voqea o'yinning 78-daqiqasida yuz bergan. Maguayr o'z jarima maydonchasi ichida fol ishlatib, maydondan chetlatilgan edi. Ushbu penaltini Eli Krupi aniq amalga oshirib, "Bornmut"ga durang taqdim etgan. Biroq asosiy mojaro qizil kartochkadan so'ng boshlandi.
"Garri Maguayr maydondan chetlatilganidan so'ng to'rtinchi hakamga nisbatan haqoratli so'zlar ishlatgani va o'zini nomaqbul tutgani aniqlangan. Ushbu holat bo'yicha unga rasmiy ayblov qo'yildi", - deyiladi Futbol assotsiatsiyasi bayonotida.
Endi nima bo'ladi?
Maguayr 2 aprelga qadar ushbu ayblovlarga javob berishi kerak. U qizil kartochkasi uchun avtomatik ravishda bir o'yinga chetlatilgan va 13 aprel kungi "Lids Yunayted"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Agar hakamni haqorat qilgani tasdiqlansa, diskvalifikaciya muddati uzaytirilishi mumkin.
Angliya terma jamoasi himoyachisi uchun mavsumning hal qiluvchi pallasida bunday tartibsizlik jamoasi uchun katta yo'qotish bo'lishi aniq.



