

"Mendan ko'proq hech kim g'alaba qozonmagan. Men dunyodagi eng yaxshi futbolchilarni olib kelaman va buni kelajakda ham davom ettiraman. "Real" klubini boshqarish uchun, eng avvalo, klub a'zolariga yolg'on gapirmaslik kerak.
So'nggi kunlarda sizlar bilan ko'p muloqot qildim, ko'plab taklif va g'oyalarni eshitdim. Biz klubni yanada rivojlantirish ustida ishlaymiz va alohida e'tiborni abonementi yo'q klub a'zolariga qaratamiz. Men bor kuchim bilan ishlashda davom etaman.
Biz klubni tubdan o'zgartirdik va uni dunyodagi eng daromadli hamda eng qimmat klubga aylantirdik. Aytishlaricha, moliyaviy ko'rsatkichlarimiz yomon emish. Bu paytda esa Forbes bizni daromad va qiymat bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda deb etirof etmoqda. Xo'sh, bunday gaplarni aytayotganlarga omadsizlar emasmi? Ular feyk xabarlar bo'yicha mutaxassislar.
Bu mavzu tarixga kiradi, chunki ayrim jurnalistlar va OAVlarning tutgan o'rni shunga arziydi. Ularning yolg'onga qurilgan nomzod bilan hamkorligi barcha chegaralardan o'tib ketdi. Klubni beqarorlashtirishga qaratilgan aynan shu kampaniya mening prezidentlik saylovlarini tayinlashimga sabab bo'ldi", - dedi Peres.



