Florentino Peres: "Payshanba kuni "Real"ning ilk shov-shuvli transferini e'lon qilaman"

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2026, 22:21
"Real" prezidenti Florentino Peres kelasi mavsum uchun madridliklarning yirik transferi haqida ma'lum qildi.

Florentino Peres "Real"ning kelasi mavsum uchun mo'ljallangan ilk shov-shuvli transferini shu payshanba kuni e'lon qilishini bildirdi.

Peres o'z sport loyihasining maqsadi tarkibda eng yaxshi futbolchilarni jamlash va g'alabalarni davom ettirishdan iborat ekanini ta'kidladi.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Real" Ispaniya chempionatida 86 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi.

Klubda prezidentlik saylovlari yakshanba, 7 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Saylovlarda amaldagi prezident Florentino Peres va ispaniyalik biznesmen Enrike Rikelme ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS