Mourinyu "Real" safida "Manchester Siti" himoyachisini ko'rishni istamoqda

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2026, 21:19
Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiolni o'z safiga qo'shib olishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Real" jamoasini yaqinda boshqarishi kutilayotgan Joze Mourinyu 24 yoshli xorvatiyalik futbolchini tarkibda ko'rishni istamoqda.

Mourinyu bu haqda klub prezidenti Florentino Peresga ma'lum qilib, himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida ekanini bildirgan.

Florentino Peres murabbiyning iltimosini qabul qilgan va Gvardiolni xarid qilish uchun barcha zarur choralarni ko'rishga vada bergan.

Avvalroq ushbu himoyachiga "Barselona" klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

photo_2025-12-29_04-09-14 copy.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/AlbertoPereiro