

"Jahon chempionati startini intiqlik bilan kutyapmiz. Vaqt juda tez o'tib ketadi, shuning uchun jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi holatda bo'lish, shuningdek, dam olish kerak – bu eng muhimi.
AQSHda o'zimizni uyda o'ynayotgandek his qilamiz. Shuning uchun bundan foydalanishimiz va murabbiyning rejasiga muvofiq, o'yindan o'yinga qadamba-qadam harakat qilishimiz kerak, chunki Jahon chempionatining asosiy mohiyati – har bir o'yinga alohida e'tibor qaratish, qolganini esa vaqt ko'rsatadi", dedi 29 yoshli "Bavariya" hujumchisi.
Eslatib o'tamiz, Kolumbiya mundialdagi ilk o'yinini O'zbekistonga qarshi o'tkazadi.



