Peres prezidentlik saylovlarida yutsa "Inter" futbolchisi "Real"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2026, 21:24
"Real" klubi "Inter" himoyachisi Denzel Dumfrisni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan

"The Athletic" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, ushbu transfer bo'yicha quyidagi tafsilotlar mavjud:

Dumfris madridliklarning o'ng qanot himoyasini kuchaytirish borasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi.

"Real" allaqachon futbolchi bilan muzokaralar o'tkazgan va shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olish muammo tug'dirmasligi kutilmoqda.

30 yoshli niderlandiyalik futbolchining "Inter" bilan shartnomasida belgilangan tovon puli (otstupnye) 25 million evroni tashkil etadi.

"Real" Dumfris bo'yicha kelishuvni 7 iyun kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarida Florentino Peres g'alaba qozongan taqdirda amalga oshirishni rejalashtirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic