Florentino Peres muddatidan avval prezidentlikdan ketmoqchi

Khoja
15 noya 2025, 09:27
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres kelasi yili o'z lavozimini tark etish niyatida.

Bu haqda jurnalist Pepe Alvares ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida ma'lum qildi.

Florentino Peres 2000 yildan 2006 yilgacha "Real" prezidenti lavozimida ishlagan. U 2009 yilda bu lavozimga qaytgan. Peres boshchiligida "qirollik klubi" 37 ta sovrin, jumladan, 7 marta Chempionlar ligasini qo'lga kiritgan.

Uning prezidentlik vakolati 2028 yil so'nggida tugashi lozim edi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: x.com/PepeAlvares