Flik Gavining jarohati haqida: “Hammasi u kutganidan biroz yaxshiroq”

Sherzod Nurmatov
24 avg 2026, 12:55
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Gavining jarohati borasida fikr bildirdi.

Gavi La Liganing 2-turidan o'rin olgan “Elche”ga qarshi o'yinning (5:0) birinchi bo'limida shikastlandi. Xavbek o'ng tizzasida noqulaylik his qildi. Gavi aynan shu tizzasidan avvalroq ikki marta jarrohlik amaliyotini o'tkazgan edi.

“Tizza jarohati. Biz kutishimiz kerak.

Jarohat olgan vaqtida u kutganidan ko'ra hozir hammasi biroz yaxshiroq. O'yindan keyin ahvol ancha ijobiy tomonga o'zgardi.

Biz MRT tekshiruvini o'tkazamiz va ko'ramiz”, – dedi Flik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano