

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
Klublar 23 yoshli senegallik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bunga futbolchining o'zi ham rozilik bildirgan.
"Yuventus" Sarrni 30 million evroga sotib olish huquqi bilan 1 mavsumga ijaraga oladi. Ushbu band muayyan shartlar bajarilgan taqdirda faollashadi.
Sarr 2025/26 yilgi mavsum "Tottenxem" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



