

Portugaliyalik mutaxassis o'z shogirdlarining nafaqat hujumdagi harakatlaridan, balki himoyadagi fidoyiligidan ham mamnun bo'ldi va tarkibdagi katta rotaciya sababini tushuntirib berdi.
"Ikkinchi bo'lim ko'proq nazorat masalasi bo'ldi, surat biroz pasaydi. "Malaga" to'pni nazorat qilgan holda xotirjamroq harakat qildi, biroq har safar tezlikni oshirganimizda, yana bir-ikkita gol urishimiz mumkindek taassurot uyg'ondi. Maqsadimiz darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish va sidqidildan mehnat qilish edi. Har doim ham tajovuzkor hujum qilib bo'lmaydi, bazan raqib ochiq o'yin ko'rsatadi va biz sifatli himoyalanishimiz kerak bo'ladi.
Men "Real Sosedad"ga qarshi o'yindan oldin ham futbolchilarga tarkibda ko'plab o'zgarishlar qilishimni aytgandim. Men boshqalar kabi yuqori mahoratga ega bo'lgan o'yinchilarni maydonga tushirishni istayman. Bu faqatgina murabbiylik tanlovi, kimningdir mahorati ko'proq yoki kamroqligi masalasi emas, chunki u hammada bor.
Muxlislarning vaqtni yaxshi o'tkazishi muhim, agar ularda yuqori darajadagi futbol nima ekanligi haqida tushuncha bo'lsa, ikkinchi bo'limdan ham zavq olgan bo'lishlari kerak. Himoyada ter to'kayotgan jamoa ko'rindi, Vinisius to'pni yo'qotib, uni qaytarib olish uchun ortiga qaytayotgani yaqqol sezilib turdi. Futbol - bu faqat gollardan zavqlanish emas, balki uyga yagona jamoa ekanligimiz hissi bilan qaytish imkoniyati hamdir. Bir mavsumda 121 ta gol urish uchun hujumda yuqori saviyali futbolchilarga ega bo'lish lozim. Biz uchta o'yinda allaqachon 10 ta to'p kiritdik, lekin qaysidir uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozonamiz va xuddi shunday xursand bo'lamiz", – dedi Mourinyu.



