Argentina terma jamoasi psixologi Alvaresning depressiyasi haqida: "Ehtiyot bo'lish kerak. Klubdan ketish istagi uchun jazolab bo'lmaydi"

Sherzod Nurmatov
31 avg 2026, 14:25
Argentina terma jamoalari psixologi Xuan Manuel Brindizi Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvaresning holati haqida fikr bildirdi.

Avvalroq tibbiy ko'rik vaqtida Xulian Alvaresga depressiya tashxisi qo'yilgani haqida xabar berilgandi.

"Muzokaralarning eng qizg'in pallasida depressiya tashxisi qo'yilsa, vaziyat mutlaqo boshqacha tus oladi. Juda ehtiyot bo'lish lozim. Birinchi navbatda inson haqida qayg'urish kerak va aynan shu bilan shug'ullanish zarur.

Menimcha, futbolchining ketmoqchi ekanligini inobatga olish shart. Boshqa klubga o'tishni xohlagani uchun kimnidir jazolash mumkin emas. Xulianning istagi - bu bir injiqlik emas, bu uning bolaligidan beri orzu qilgan narsasi", – dedi Brindizi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports