Flik Chempionlar ligasi 1-turida "Barselona"ning "Feyenoord" ustidan qozongan yirik g'alabasini izohladi

10 sen 2026, 09:15
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Feyenoord"ga qarshi o'yindagi (5:1) yirik g'alabani izohlab, futbolchilar Rafinya va Lamin Yamalni tilga oldi.

"Rafinya va Laminni bunday holatda ko'rish juda yoqimli. Jamoada ajoyib muhit hukmron. Lamin ajoyib o'yin o'tkazdi, gol urdi va sardorlik qildi.

Biz juda yaxshi va astoydil mehnat qilyapmiz, deb hisoblayman. To'p bilan o'ynash darajamiz yuqori. Bundan juda xursandman. Bazi jihatlarni yanada yaxshilashimiz mumkin, deb o'ylayman. O'sish uchun potencial bor va aynan shuning ustida ishlash kerak. Yuqori intensivlikda mashg'ulot o'tkazishda va buni musobaqalarga ko'chirishda davom etishimiz lozim", – dedi Flik Movistar efirida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Movistar