Superliga. "Qizilqum" - "Lokomotiv" (matnli translyatsiya)

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 18:00
"Qizilqum" hamda "Lokomotiv" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 25-tur bahsi boshlandi.

O'zbekiston Superligasi-2026. 25-tur

"Qizilqum" - "Lokomotiv" 1:0

25.10.2026, 18:00. Navoiy, "Yoshlar" sport majmuasi.

Bosh hakam: Temurbek To'xtasinov.

Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Jamshid Bakirov.

Zaxira hakami: Nurjahon Sulaymonov.

VAR: Firdavs Norsafarov.

AVAR: Elnur Doniyorov.

Nazoratchi: Vadim Agishev.

Komissar: Akmal Rahmatov.

Gol: 1:0 – 3, Shahzodbek Rahmatullaev (Jambuli Jigauri)

"Qizilqum": 1. Farhod Rahmatov, 8. Shahzodbek Rahmatullaev, 10. Islom Kenjaboev, 15. Nikola Kumborovich, 23. Samandar Shukurillaev, 31. Jambuli Jigauri, 44. G'iyosjon Rizaqulov, 47. Ruslan Ro'ziev, 70. Maykon Duglas, 77. Diyor Rahmatilloev, 88. Otabek Jo'raqo'ziev.

Zaxira: 99. Humoyunshoh Sayyotov, 4. Ilhomjon Vahobov, 6. Murodali Usmonov, 7. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 9. Shahzod Turopov, 18. Abbosbek Abdug'afforov, 20. Bobomurod Bozorov, 34. Grigol Chabradze, 45. Ozodbek Ergashov.

"Lokomotiv": 1. Aleksey Kozlov, 8. Bilol Tupliev, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 15. Aleksandr Shushnyar, 17. Sardor Mirzaev, 18. Oleksandr Kucherenko, 23. Diyorjon Turopov, 28. Shuhrat Muhammadiev, 33. Oleg Zoteev, 45. Yovan Nishich, 99. Jasurbek Yaxshiboev.

Zaxira: 16. Danil Baklanov, 7. Quvonchbek Abraev, 9. Suhrob Nurulloev, 10. Shodiyor Shodiboev, 14. Nikolay Ivanov, 22. Sunnatilla Poyonov, 26. Abdulloh Yo'ldoshev, 61. Nurlan Ibraimov, 70. Muhammedali Reimov.

⚠️ 4' Xavfli vaziyat! Shahzodbek Rahmatullaev tezda dublni rasmiylashtirishi mumkin edi. Chap qanotdan uzatilgan to'pga jarima maydonchasi ichida Rahmatullaev zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

⚽ 3' GOL! "Qizilqum" hisobni ochmoqda! Shahzodbek Rahmatullaev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi. To'p yo'l-yo'lakay Oleksandr Kucherenkoga tegib, yo'nalishini keskin o'zgartirdi. Bunday rikoshetni kutmagan Aleksey Kozlov to'pning darvoza to'ridan joy olishini tomosha qilishga majbur bo'ldi – 1:0.

▶️ 1' Uchrashuvga start berildi! Bosh hakam Temurbek To'xtasinovning hushtagi yangrab, bahs boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Qizilqum" qizil, "Lokomotiv" esa oq liboslarda harakat qiladi. Uchrashuv boshlanishi arafasida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia