

Unga ko'ra, jamoa a'zosi Roman Papariga sonning orqa guruh mushaklari jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Ayni paytda futbolchi yakka tartibda mashg'ulotlar olib bormoqda.
Shuningdek, Elbek Otaqulov ham tizza bo'g'imidagi engil jarohat sababli umumiy guruhdan alohida shug'ullanmoqda.
Klub shifokorining ma'lum qilishicha, har ikki futbolchi ham keyingi turga qadar jarohatidan tiklanib, jamoa safiga qaytishi mumkin.



