"Bu shunchaki aql bovar qilmas holat!" Kayl Uoker - Jeymi Vardining energetik ichimliklar ichish odati haqida

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 14:10
"Byornli" qanot himoyachisi Kayl Uoker jamoadoshi Jeymi Vardining energetik ichimliklarga mukkasidan ketganligi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

"Vardi energetik ichadi... Nonushtagacha ikki yoki hatto uch banka - bu shunchaki aql bovar qilmas holat! Nazarimda, uning nonushtasi - bu ikki banka energetik. Jeymi uni o'yinlardagi tanaffus vaqtida ham ichadimi? Uning qo'lida doimo shu banka, axir bu zararli-ku! Jeymida, shubhasiz, ushbu brend bilan qandaydir kelishuv bor (kuladi)", - deya Uokerning so'zlarini keltiradi talkSPORT.

O'tmishda Vardi "Lester Siti" safida to'p surgan bo'lib, klub bilan APL, Angliya Kubogi va Superkubogini yutgan, shuningdek, ikki marta Chempionship g'olibiga aylangan. Ushbu jamoa sharafini u 2012 yildan 2025 yilgacha himoya qildi. Futbolchining faoliyati davomida "Galifaks Taun", "Flitvud Taun" va boshqa klublar ham bo'lgan. Shu bilan birga, hujumchi Angliya terma jamoasida ham maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT