Fabio Kannavaro: "Iskanderovning potencialidan yaxshi xabardorman. Uning darajasini bilgan holda JCHga olib borganman"

Sherzod Nurmatov
5 avg 2026, 13:28
O'FA majlislar zalida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokidagi matbuot anjumani davom etyapti.

- JCHda oldinga borishga, hujum qilishga intildik. Ammo bizda vaziyatlar va yarim himoya chizig'idagi futbolchilarning jarohati bilan bog'liq inqiroz kuzatildi. Shu holatda ichki ligamizda yaxshi o'ynab turgan Jamshid Iskanderov bor-yo'g'i 8 daqiqa o'ynadi. Undan juda kam foydalanganingizga nima sabab bo'ldi?

- Yarim himoyada yuqori darajali o'yinchilarimiz ko'p. Jamshid Iskanderov ham hujumkor va assist beradigan futbolchilar sirasiga kiradi. Biz Kolumbiya va Portugaliya bilan o'yindan kelib chiqib o'zgarishlarga qo'l urdik. Albatta, Iskanderovning potencialidan yaxshi xabardormiz. Biz vaziyatdan kelib chiqib boshqa futbolchilardan foydalandik. Hech qanday konkret sabab yo'q. U bilan muammoga ega emasman. Uning imkoniyatlarini, darajasini bilgan holda JCHga olib borganman.

Murabbiy bazida to'g'ri va noto'g'ri qarorlar qabul qiladi. Masalan, bizda yig'in davomida shunday futbolchi bo'ldiki, u barchadan ajralib turdi va astoydil mehnat qildi. Bu - Jasur Jaloliddinov. U zo'r qatnashdi, uning o'ziga ham buni aytdim. Biroq u Superligada o'ynamagani tufayli yakuniy ro'yxatga kiritilmadi. Buni unga tushuntirdim. Bosh murabbiyga qaysidir qarorni qabul qilish qiyin va barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif