

- O'yin haqida fikringiz?
- G'alaba qozondik, lekin o'yinimiz qovushmadi. Ozgina o'yinning o'zi ham yoqmadi. Bu - futbol, shunaqa uchrashuvlar ham bo'lib turadi. Eng muhimi, g'alaba qozondik va yigitlar xursand bo'lishdi. Endi damga chiqamiz va keyingi mavsum uchun reja tuzishni boshlaymiz.
- "Lochin" bosh murabbiyi maydon haqida salbiy fikr bildirdi. Siz nima deya olasiz?
- Maydon hamma uchun bir xil. O'zbekiston iqlimidan kelib chiqsak, maydonning hozirgi holati shunday. Iloji yo'q, bizga shu yerda futbol o'ynaysizlar deyishsa, chiqib o'ynaymiz. Maydon biz uchun ham, raqib uchun ham bir xil edi.
- Keyingi yilga rejalar qanday?
- Rejalar bor, endi maslahatlashib bu haqda o'ylab ko'ramiz. Yangi yildan so'ng ko'p yangiliklar bo'ladi.



