

- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun futbol bo'lmadi. Ikkala jamoa ham futbol o'ynamadi. Bunday maydonda umuman futbol o'ynab bo'lmaydi. Futbol emas kurashlarga boy sport kechdi. Bu maydonda 11 metrlik jarima to'pidan gol urmasa, o'yindan urib bo'lmaydi. Ikkala jamoa ham vaziyatlarni yuzaga keltira olmadi. Bunday maydonlar Proliga saviyasini tushiradi. Talabga javob bermagan maydonni qabul qilmaslik kerak. Birinchi tur bo'ladimi, oxirgi tur bo'ladimi - farqi nima. Futbol o'ynasa bo'ladigan maydonda futbol o'ynash kerak.
- Bugungi o'yin bilan mavsumga yakun yasaldi. "Lochin" egallagan o'rindan qoniqish oldingizmi?
- Biz ushbu mavsum futbolchilarning saviyasini o'stirishga harakat qildik. 7-8 nafar o'yinchimizni kuchli jamoalarga qo'yib yubordik, bu esa bizni xursand qildi. To'g'risi, ikkinchi davradagi o'yinimizdan qoniqmadim. Yangi qo'shilgan futbolchilar bilan jamoa o'yinini qura olmadik. O'zimizni ko'rsatishga harakat qildik, lekin egallagan o'rnimiz shaxsan menga yoqmadi.
- Tez orada pley-off uchrashuvlari start oladi. Superliga klubi bilan to'qnashuvda Proliga jamoasining imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Bahs bitta o'yindan iborat va bunda har narsa bo'lishi mumkin. Kubok uchrashuvlarida ham ko'rdik, Proliga jamoalari bo'sh kelmadi. Yaxshi tayyorgarlik evaziga har qanday jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. Proliga yetakchilari bilan Surperliga oxirgi o'rindagi jamoalar teng kuchli deb o'ylayman.



