“Eyr Fors” bosh murabbiyi: “Futbolchilarda "Paxtakor"ga qarshi o'yinda ijobiy natijaga erishish uchun katta iroda va shijoatni ko'ryapman”

Sherzod Nurmatov
26 okt 2026, 11:47
Iroqning "Eyr Fors” (“Al Quva Al Javiya”) bosh murabbiyi Rashid Jobir shanba oqshomida jamoasining "Paxtakor" jamoasiga qarshi o'yinga tayyor ekanini ta'kidlab, milliy chempionatdagi "Al Talaba"ga qarshi so'nggi mag'lubiyatga qaramay, tayyorgarlik yaxshi kechayotganini qayd etdi.

Jobir matbuot anjumanida "Paxtakor" O'zbekiston chempionati va Elit Osiyo Chempionlar Ligasida yuqori darajadagi o'yin ko'rsatayotgan kuchli jamoalardan biri ekanini, bu esa yuqori darajadagi koncentraciyani hamda avvalgi qator o'yinlarda yo'l qo'yilgan xatolarni kamaytirishni talab qilishini aytdi.

“Murabbiylar shtabi klub boshdan kechirayotgan sharoitni yaxshi tushunib turibdi. Jamoa o'z mavqeini qaytara olishiga, yaxlit oilaviy muhitni tiklash va futbolchilar orasidagi ishonchni mustahkamlashga qodir ekaniga ishonaman.

Futbolchilarda O'zbekiston jamoasiga qarshi ijobiy natijaga erishish uchun katta iroda va shijoatni ko'ryapman. Kelajagim haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi, men “Eyr Fors”ni to'g'ri yo'lga qaytarish ustida ishlashda davom etaman.

"Eyr Fors" muxlislari bundan ham ko'prog'iga loyiq va ularni xursand qilish asosiy maqsadim”, – dedi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Elit OCHL 3-turi doirasidagi bahs bugun Bag'doddagi "Al Madina" xalqaro stadionida Toshkent vaqti bilan 23:15 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: shafaq.com