Klopp ruxsat berdi

6 iyun 2026, 09:15
Taniqli nemis murabbiyi Yurgen Klopp Madridning "Real" klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelmening saylovoldi kampaniyasida ishtirok etishga tayyor emasligini, biroq o'z nomidan foydalanishga ruxsat berganini aytdi.

Bu haqda COPE nashri xabar tarqatdi.

Nashrning yozishicha, Klopp "saylovoldi cirkida ishtirok etmoqchi emas", lekin shu bilan birga nemis mutaxassisi Rikelmega uning nomi qayd etilgan bayonotni e'lon qilishga ijozat bergan.

Eslatib o'tamiz, Madrid klubi prezidentligiga saylovlar shu yakshanba, ettinchi iyun kuni bo'lib o'tadi. Amaldagi prezident 79 yoshli Florentino Peres bo'lib, u ham saylovlarda ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: COPE