Florentino Peres "Real" prezidenti saylovida g'alaba qozondi

7 iyun 2026, 23:36
Florentino Peres "Real Madrid" prezidenti saylovida g'alaba qozondi.

79 yoshli funkcioner 64,1 foiz ovoz bilan raqibi Enrike Rikelmeni ortda qoldirdi va 2030 yilgacha klubni boshqarishda davom etadi.

Avvalroq Peres saylovda g'alaba qozongan taqdirda Joze Mourinyu "Real" murabbiyi bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi. Shuningdek, qayta saylangan prezident "Liverpul"dan Ibraima Konate va "Inter"dan Denzel Dyumfris bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Boshqaruvchi bu lavozimni ketma-ket sakkizinchi marta egallaydi.

"Real" Ispaniya chempionatining o'tgan mavsumida ikkinchi o'rinni egalladi. Jamoa turnir g'olibi "Barselona"dan sakkiz ochko ortda qoldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito