

Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta endi futbolchini "sotilmas" deb hisoblamaydi. Unga "Inter" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Futbolchining mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining narxini 65 million evroga baholamoqda. Umuman olganda, Martin Edegor "Arsenal" safida 230 ta o'yin o'tkazgan. Unda yarim himoyachi "gol+pas" tizimi bo'yicha 42+35 qayd etdi.



