

Xabarlarga ko'ra, jamoa Fort-Loderdeyldagi besh yulduzli “The Dalmar” mehmonxonasidagi shovqin va jiddiy tashkiliy muammolar tufayli noqulayliklarga duch kelgan. Mehmonxona yonida shaharning eng gavjum yo'llaridan biriga tutashgan katta qurilish maydonchasi joylashgan bo'lib, bu futbolchilarning tiklanish jarayonida to'liq hordiq chiqarishlariga xalaqit bergan. Bundan tashqari, jamoaning bir necha futbolchisi o'zlarini noxush his qilgan.
“Yaxshiroq tashkil qilinishi mumkin bo'lgan bazi jihatlar bor edi va biz ularni to'g'riladik. Shunchaki juda muhim o'yin oldidan imkon qadar eng yuqori darajada tayyorgarlik ko'rishni xohlaymiz”, – dedi jamoa sardor Martin Edegor “The Mirror US” nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Norvegiya terma jamoasi 12 iyul kuni chorak finalda Angliyaga qarshi maydonga tushadi.



