

Fransiyalik vinger tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tib, transferni rasmiylashtirgach, AXA Training Centre bazasida "qizillar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
29-raqam ostida to'p tepadigan Barkolya klub matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:
"Liverpul"da o'ynash imkoniyatiga ega bo'lish - men uchun katta faxr. Juda ham baxtiyorman.
Bunga ancha vaqt ketdi, ammo bugun "Liverpul" safida o'ynash imkoni tug'ilganidan chindan ham xursandman. Mening yagona istagim - maydonga tushish va to'p tepish.
Katta yutuqlarga erishishga umid qilaman. Avvalo, Premer-ligada g'olib chiqish - bu hayotimdagi eng katta orzularimdan biri.
Maqsadim - shu natijaga erishish va uzoq muddat ushbu jamoada qolish. Shu sababli ham uzoq muddatli shartnoma imzoladim va buni amalga oshira olaman degan umiddaman", – dedi u.



