

Argentinalik futbolchining "bo'rilar" bilan bitimi shu yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
"Men hech narsa bilmayman. O'zim ham bilishni istardim. Biroq shartnoma bo'yicha yana 2 ta o'yin qoldi. Aytishim mumkin bo'lgan yagona narsa shuki: derbi (17 may kungi "Lacio" bilan bahs nazarda tutilmoqda – tahr.) bu muxlislar oldidagi so'nggi o'yinim bo'lishi mumkin. Ichimdagilarni bayon etmayman, mavsum oxirida ko'ramiz.
Klub menga shartnomani uzaytirish taklifi bilan murojaat qildimi? Yo'q", – dedi Dibala.



