Ozarbayjon terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Tojikiston terma jamoasini mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2026, 23:20
Ozarbayjon va Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini yakunlandi.

O'yin "Palms - Neftchi Arena" (Boku, Ozarbayjon) stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Roman Jitari (Moldaviya) bosh hakam sifatida ishladi. Ushbu bahsda maydon egalari futbolchilari g'alaba qozonishdi.

O'yindagi yagona golni Tojikiston terma jamoasi darvozaboni Oleg Baklov o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. Avtogol 58-daqiqada sodir bo'ldi.

O'rtoqlik o'yini

Ozarbayjon - Tojikiston 1:0
Gol: Baklov 58 (avtogol).

Tojikiston: Oleg Baklov, Vaxdat Xanonov, Zoir Jo'raboev, Tabrez Islomov (Shaxrom Samiev, 80), Alijon Karomatullozoda (Sodikdjon Kurbonov, 80), Alisher Shukurov (Fatxullo Olimzoda, 70), Saloxiddin Irgashev (Furkon Raximzoda, 59), Shervoni Mabatshoev (Nozim Bobojonov, 70), Parvizjon Umarboev (Muxammajon Raximov, 80), Alisher Jalilov (Amirbek Jo'raboev, 59), Rustam Soirov (Sheriddin Boboev, 46).

Ozarbayjonlik futbolchilar navbatdagi o'yinni UEFA Millatlar ligasi 1-turi doirasida Litva terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Uchrashuv 27 sentyabr kuni safarda bo'lib o'tadi. Tojikiston terma jamoasi esa bir kun o'tib o'rtoqlik o'yini doirasida o'z maydonida Falastin milliy terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia