

- Kutilayotgan narsalar doimo bir xil - g'alabalar. Yangi murabbiy bilan kayfiyat ham boshqacha. Fursatdan foydalanib, Portugaliyaga yordam berish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilgan Martinesga minnatdorchilik bildirmoqchiman, ammo hozir Jorje Jezush davri keldi va hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. Ertaga hamma narsa yaxshi boshlanishiga ishonchimiz komil.
- Hujumkorroq futbol bo'ladimi?
- Eng muhimi - g'alaba qozonish. Men Jorje Jezush bilan avval ham ishlaganman va futbol hujumkorroq bo'lishini bilaman, ammo eng muhimi - g'alaba.
- Bu sizning oxirgi yilingizmi?
- Men bunchalik uzoqqa qaramayman. Hozirgi fursat haqida o'ylayapman. Men bu yerdaman, federatsiya menga suyanmoqda... Bu oxirgi yil bo'ladimi? Ehtimol, organizmimda qanday hissiyotlar bo'lishiga qaraymiz. Men chin dildan aytyapman, rostini aytsam, bilmayman.
- Hozir yana xuddi birinchi yildagidek tuyulyaptimi?
- Ha, va men bu yerda bo'lishga loyiqligimni isbotlashda davom etyapman. Men har kuni isbot keltiryapman hamda klubda ham, terma jamoada ham hali ham gol ura olayotganimni ko'rsatyapman.
Yaxshi start olish uchun bizga barcha futbolchilar kerak bo'ladi", - dedi 41 yoshli forvard Sport TV efirida.



