

Turindagi "Olimpiko Grande Torino" stadionida kechgan o'yinda Djan Pero Gasperini shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvni bosh hakam Fabio Mareska boshqarib bordi.
40-daqiqada "Roma" hujumchisi Doniell Malen hisobni ochdi. 90+3-daqiqada esa rimliklarning yarim himoyachisi Nikkolo Pizilli jamoasining ustunligini mustahkamlab qo'ydi.
“Torino” - “Roma” 0:2
Gollar: Malen 40, Pizilli 90+3.
Ushbu o'yindan so'ng "Roma" to'rtta turda 12 ochko to'plagan holda A Seriya turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Torino" hisobida esa 3 ochko bor va jamoa 14-qatorni egallab turibdi.
Keyingi turda Turin klubi 19 sentyabr kuni safarda "Bolonya" bilan o'ynasa, rimliklar xuddi shu kuni o'z maydonida Milanning "Inter" klubini qabul qilishadi.



