

Kuni kecha Argentina terma jamoasi futbolchilari JCH-2026 chorak finaliga yo'llanma olganlaridan so'ng, Folklend orollari tilga olingan yangi qo'shiqni kuylashgani haqida ma'lumot paydo bo'lgan edi. Eslatib o'tamiz, 1/8 finalda argentinaliklar Misr terma jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etishdi.
Qo'shiq matnida Diego Maradonaning JCH-1994 turniridagi diskvalifikaciyasi, o'shanda ham AQSHda bo'lib o'tgan musobaqadagi mag'lubiyat uchun revansh olish istagi hamda Folklend orollari eslatib o'tilgan.
Manba bergan xabarga ko'ra, FIFA Argentinaga qarshi biror bir chora ko'rishni rejalashtirmayapti. Shu tariqa, Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) hech qanday jarima sankciyalariga duch kelmaydi.
Folklend orollari Argentina va Angliya o'rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi - ular o'rtasidagi qurolli to'qnashuv 1982 yilning 2 aprelida boshlanib, o'sha yilning 14 iyunida Janubiy Amerika mamlakatining mag'lubiyati bilan yakunlangan.
E'tiborli jihati shundaki, Argentina va Angliya terma jamoalari jahon chempionati yarim finalida o'zaro to'qnash kelishlari mumkin. 1/4 finalda Angliya Norvegiya bilan, Argentina esa Shveytsariya bilan kuch sinashadi.



