Desham Ispaniyaga qarshi o'yin oldidan: "Ular yaqqol favorit"
14 iyul 2026, 11:20
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCH-2026 1/2 finali doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yinda raqibni yaqqol favorit deb hisoblamoqda.
Ushbu bahs bugun Dallas shahrida bo'lib o'tadi.
"Ispaniya - shubhasiz, yaqqol favorit. Men ularga bosim o'tkazmoqchi emasman. Ular juda ko'p gol urishyapti va o'z darvozalaridan atigi bitta to'p olib chiqishdi - ular favorit", - dedi Desham.