JCH-2026dan chetlatilgan hakam 38 yoshida vafot etdi

14 iyul 2026, 12:11
Niderlandiyalik FIFA hakami Rob Diperink 38 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda "The Mirror".

Niderlandiya OAVlarining ma'lumotlariga ko'ra, hozirda policiya Diperink o'limining sabablari va tafsilotlarini o'rganmoqda. Hozircha bu borada rasmiy bayonot berilgani yo'q.

Rob Diperink 2026 yilgi jahon chempionatida VAR videoassistenti sifatida ishlashi kerak edi. Biroq, hakam aprel oyida voyaga etmagan bolaga nisbatan jinsiy zo'ravonlik qilishda ayblanib, mundialdagi faoliyatidan chetlatilgan edi. Keyinchalik, dalillar yetishmasligi sababli ushbu jinoiy ish yopilgan.


Manba: The Mirror