

Lula mundialdagi mag'lubiyatdan so'ng Braziliyaga qaytgan delegaciya tarkibi deyarli bo'sh bo'lganini aytdi. Vatanga qaytgan yagona futbolchi "Flamengo" a'zosi Danilo bo'lgan.
"O'sha samolyot to'la yo'lovchi bilan uchib ketgandi, qaytayotganda esa deyarli bir kishi bilan qaytdi, deyish mumkin. Terma jamoa samolyotida hech kim qolmabdi. Bu qanday sharmandalik! Bortida atigi bir nafar futbolchi bor edi, xolos", - deya Lulaning so'zlarini keltiradi UOL.



