

Hujumchi turnir davomida 6 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi.
"Siz meni eng yaxshi formamda emas deb aytyapsiz, shuning uchun mendan hech narsa kutmang", - deya Yamalning so'zlarini keltiradi "Footmercato".
Ispaniya va Fransiya o'rtasidagi yarim final uchrashuvi 14 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi. Ikkinchi yarim finalda esa Argentina terma jamoasi Angliya bilan to'qnash keladi.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulga qadar bo'lib o'tmoqda. Musobaqaning hal qiluvchi bahsi Ist-Raterfordda (AQSH) o'tkaziladi. Jahon birinchiligining amaldagi g'olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.



