Desham Fransiya terma jamoasi boshqaruvidagi so'nggi o'yinda inglizlardan qabul qilingan mag'lubiyatni izohladi

19 iyul 2026, 08:04
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jahon chempionatidagi o'z jamoasi uchun so'nggi bo'lgan - Angliyaga qarshi bahs (4:6) yakunlarini sarhisob qildi.

Ushbu uchrashuv jahon birinchiligining bronza medallari uchun kurash doirasida bo'lib o'tdi.

"Mag'lubiyat alamli bo'lsa-da, vazifani bajardik degan tuyg'u bor. Musobaqani uchinchi o'rinda yakunlaganimiz yaxshiroq bo'lardi. Bizning maqsadlarimiz katta edi va ko'plab ijobiy ishlarni amalga oshira oldik. Ispaniya bilan o'yinda o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik, raqib esa bizga qarshi juda yaxshi harakat qildi.

Hamma narsa yomon deb bo'lmaydi, bizda iqtidorli jamoa bor, natijaga erishish uchun barcha narsa etarli edi. Shaxsan men uchun bu ajoyib bir sayohat bo'ldi. Naqd sakkiz haftalik go'zal davr.

Natija nuqtayi nazaridan hafsala pir bo'lgani bor gap. Bizda o'n millionlab fransiyaliklarga quvonchli emociyalar taqdim etish imkoniyati mavjud edi. Bu - jahon chempionati, bundan go'zalroq hech narsa yo'q. Fransiya terma jamoasi libosini kiyishdan ko'ra go'zalroq tuyg'u mavjud emas", - deya Deshamning so'zlarini keltiradi "RMC Sport".

Avvalroq Desham Fransiya terma jamoasini tark etishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu uchrashuv uning terma jamoadagi 14 yillik faoliyatidagi so'nggi o'yinga aylandi. "Uchranglilar" JCH-2014dan buyon ilk bor medallarsiz qolishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com