Deku Alvares haqida: "Barsa" to'g'ri harakat qildi, biz undan ketish istagini bildirishni so'ramaganmiz"

Administrator
10 sen 2026, 21:32
"Barselona" sport direktori Deku Xulian Alvaresning amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirdi.

"Atletiko" hujumchisi shu yozda Madrid klubini tark etib, kataloniyaliklar safiga qo'shilish istagini bildirgandi. "Matraschilar" argentinalik futbolchini "ko'k-anorranglilar"ga sotishdan bosh tortdi va ularni noetiklik va noprofessionalizmda aybladi.

Alvares bilan bog'liq vaziyat haqida "Biz to'g'ri harakat qildik. Biz taklif yubordik, ammo javob bo'lmadi. Keyinchalik bularning barchasi matbuotda muhokama qilindi. Gap shundaki, ular futbolchini sotishni xohlashmadi. Voqelik shunday va bunga yopishib olishdan mano yo'q. Biz hech qachon undan "Atletiko"dan ketish istagini bildirishni so'ramaganmiz".

"Atletiko"ning ayblovlari haqida "Qo'shimcha qiladigan hech narsam yo'q. Biz taklif qildik. Men qandaydir xususiy kelishuvlarning tafsilotlaridan xabardor emasman. Esimda, o'zim "Barsa"ga o'tmoqchi bo'lganimda, Pintu da Koshta mendan yana bir yil qolishni so'ragan va keyingi mavsumda o'zim xohlagan joyga qo'yib yuborishni vada qilgan edi. Keyingi yili "Portu"da foydaliroq takliflar bo'lishiga qaramay, men "Barsa"ga o'tdim. Xulian borasida esa biz futbolchini sotib olishga harakat qildik, lekin chiqmadi. Hammasi shu. Biz hech qanday nomaqul ish qilmadik".

Xulian bo'yicha taklif haqida "U shunday tarzda tuzilgan ediki, to'lovlar olti yil emas, uch mavsum davomida amalga oshirilishi kerak edi. Mening ["Atletiko" direktori] Mateu Alemaniga hech qanday etirozim yo'q, men unga hech qachon yomonlik qilmaganman. Biz birgalikda "Barsa"da ishlaganmiz va hech qanday muammo yuzaga kelmagan", – dedi Deku.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Marca