Simeone: "Alvares "Liverpul"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmaydi"

Administrator
8 sen 2026, 23:20
Simeone "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan hujumchilarning tayyorgarligi haqida gapirdi.

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi o'yin (9 sentyabr) oldidan hujumchilarning tayyorgarligi haqidagi savolga javob berdi.

"Djonatan [Devid] yaqindagina yetib keldi va muammo sababli kuni kecha bo'lib o'tgan o'yinda ishtirok eta olmadi. Xulian [Alvares] sport formasini tiklamoqda. Men uni asosiy tarkibda ko'rmayapman, ammo u o'yin davomida bizga yordam beradi.

Syorlot qachon qaytadi? U tiklanmoqda. Unda o'ynashga xalaqit beradigan jarohat bor. Maydonda 90, 60 yoki 20 daqiqa harakat qilishidan qati nazar, u biz uchun muhim. Syorlot bizga ayni damda jamoamizda yo'q bo'lgan narsani beradi", – dedi Simeone AS nashriga.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: AS