

"Real" 21 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2031 yil 30 iyuniga qadar uzaytirishni rejalashtirmoqda. Tomonlar kelishuvga deyarli erishgan.
Yangi shartnoma doirasida Gyulerning maoshi ham sezilarli darajada oshirilishi kutilmoqda.
Ayni paytda futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.



