

"Marokash sharafini himoya qilish men uchun eng buyuk sharaf edi. Bundan 12 yil avval ilk bor chaqiruv olganimdan beri (ehtimol, gap yoshlar terma jamoalari haqida ham ketmoqda) mamlakatim uchun bor kuchimni berdim va terma jamoa libosini faxr bilan kiydim. Marokashga bo'lgan muhabbatim va bu jamoa men uchun anglatadigan barcha narsa abadiy o'zgarmas bo'lib qoladi.
Bu juda qiyin qaror bo'ldi, ammo amaldagi bosh murabbiy qo'l ostida terma jamoa sharafini himoya qilishda davom etishga tayyor emasligimni his qilyapman. Shu sababli, u o'z lavozimida qolar ekan, men chaqiruvlar uchun ochiq bo'lmayman. Jamoaga va unga aloqador bo'lgan barchaga bo'lgan hurmatim yuzasidan sabablarni sir saqlashni maqul ko'raman.
Aniqlik kiritmoqchiman: men xalqaro futboldan ketmayapman va Marokash terma jamoasida yana o'ynash uchun eshiklarni yopayotganim yo'q. Jamoadoshlarimga va barcha xodimlarga muvaffaqiyat tilayman. Men maydonda hamisha ko'rsatgan ehtirosim bilan sizlarni qo'llab-quvvatlab, eng ashaddiy muxlis bo'lib qolaman. Marokashlik muxlislarga mehr va qo'llab-quvvatlov uchun tashakkur", – deb yozdi Amrabat Instagramdagi storisida.



